Jahon | 11:44 / 21.10.2020
5004
3 daqiqa o‘qiladi

Tramp CBS’ga bergan intervyusini efirgacha e'lon qilish bilan po‘pisa qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp CBS telekanalining 60 Minutes dasturiga berayotgan intervyusini birdaniga barvaqt to‘xtatib, jurnalistlarda yetarlicha material borligini aytgan. Keyinroq u intervyuni efirgacha e'lon qilish bilan po‘pisa qilgan.

Tramp Oq uydagi intervyu  yozishilishi boshlangandan 45 daqiqa o‘tib birdaniga to‘xtatgan va boshlovchiga dasturda yetarlicha material borligini aytgan.

AQSh prezidentining bunday qilishiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.

Keyinroq Tramp Twitter’da undan intervyu olgan teleboshlovchi Lesli Shtal videosini joylashtirib, uning niqobda bo‘lmaganini aytgan. So‘ngra AQSh prezidenti intervyuni efirga berilgungacha e'lon qilishi va shu tariqa “feyklar”ni fosh qilishi bilan po‘pisa qilgan.

“Sizlarga shuni aytishdan xursandmanki, aniqlik uchun Lesli Shtal bilan intervyuni efirgacha e'lon qilish imkonini ko‘rib chiqmoqdaman! Bu har bir kishining  qanchalik soxta va noxolis intervyu bo‘lgani haqida tasavvur hosil qilishi uchun qilinadi. Barcha bu dahshatli saylovoldi aralashuvini uyqusiragan Jo Baydenning yaqinda bergan intervyusi bilan solishtirishi kerak!”, deb yozgan Tramp tvitterda.

60 Minutes dasturining Tramp ishtirokidagi soni prezident lavozimiga nomzodlar orasida 22 oktyabrda o‘tadigan oxirgi debatlardan keyin 25 oktyabrda efirga uzatilishi belgilangan. Dastur ijodkorlarining g‘oyasiga ko‘ra, Tramp intervyu vaqtida 4 yil avvalgidek vitse-prezident Maykl Pens bilan birga suratga tushishi kerak edi. Biroq u intervyuni to‘xtatgandan keyin Pens bilan suhbatning yozilishida ishtirok etmagan. Dasturda, shuningdek, Trampning saylovlar bo‘yicha raqibi Jo Bayden va vitse-prezident lavozimiga nomzod Kamala  Xarris  ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Tramp va Bayden o‘rtasidagi debatlarning 1-turi 29 sentyabrda bo‘lib o‘tgandi. 15 oktyabrga belgilangan 2-tur bekor qilingandi. Uchinchi debatlar o‘tishi 22 oktyabrga belgilangan. 

Mavzuga oid