O‘zbekiston | 08:13 / 27.10.2020
6095
1 daqiqa o‘qiladi

Keles yo‘li ko‘chasi vaqtinchalik yopildi

Joriy yilning 26 oktabr kunidan boshlab Toshkent tumani Keles ko‘prigi (Toshkent halqa yo‘li)dan 9-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi oldigacha bo‘lgan qismda transport vositalari harakati vaqtinchalik to‘liq to‘xtatildi.

Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, bu Toshkent tumani avtomobil yo‘llarida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari sababli amalga oshirildi.

Ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan avtomototransport vositalarining harakati tumanning Hasanboy qishlog‘i hududidan o‘tgan 4N-699 hamda M.Fozilov jamoa xo‘jaligi hududidan o‘tgan 4R-4 avtomobil yo‘llari orqali 4K-708a avtomobil yo‘li orqali tashkil etiladi.

“Hurmatli fuqarolar! YPX inspektorlari tomonidan ko‘rsatiladigan yo‘nalishlar bo‘yicha harakatlanishga, tartib-intizom saqlab, harakatlanish xavfsizligini ta'minlashga hissa qo‘shing”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid