Vaksinalar pandemiyani to‘xtatmaydi – JSST
16 noyabr kuni Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan vaksina samaradorligi 94,5 foizni tashkil etganligini ma'lum qilgandi.
Vaksinalar koronavirus pandemiyasini butkul to‘xtatmaydi, ammo uning tarqalishiga qarshi kurashda katta umid beradi. Bu haqda JSSTning Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Hans Kluge aytdi.
“Texnologiyalar va farmatsevtika kompaniyalari oldimizda yangi ufqlar ochmoqda. Vaksinalar SOVID-19’ni butkul to‘xtatmasa va barcha savollarimizga javob bo‘lmasa ham, bu virusga qarshi urushda katta umid beradi”, – dedi Kluge.
Uning qo‘shimcha qilishicha, oxirgi haftalarda vaksinalar to‘g‘risida yaxshi yangiliklar paydo bo‘ldi. Klugening so‘zlariga ko‘ra, vaksinalar boshqa qo‘shimcha chora-tadbirlar bilan birgalikda kasallik tarqalishiga qarshi kurashda yordam berishi mumkin.
16 noyabr kuni Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zi ishlab chiqqan vaksina samaradorligi 94,5 foizni tashkil etganligini ma'lum qilgandi.
Oradan ikki kun o‘tib, Pfizer koronavirusga qarshi vaksinasi 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligini e'lon qildi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
13:54 / 18.09.2024
Koronavirusning yangi varianti XeC tarqalmoqda: u oldingilaridan qanday farq qiladi?
21:15 / 13.09.2024
JSST maymunchechakka qarshi birinchi vaksinani tasdiqladi
15:54 / 07.09.2024