Jahon | 16:07 / 19.12.2020
3887
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi mahalliy vaksina bilan emlash boshlandi

Dekabr oxiriga qadar uch ming nafar ko‘ngilli QazCovid-in vaksinasi bilan emlanadi.

Foto: primeminister.kz

Qozog‘istonda ko‘ngillilarni koronavirusga qarshi QazCovid-in mahalliy vaksinasi bilan emlash boshlandi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri matbuot xizmati xabar berdi.

 "Hozirga kelib biologik xavfsizlik muammolari ilmiy-tadqiqot institutida QazCovid-in mahalliy vaksinasi klinik sinovlarining birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazildi. Sog‘liqni saqlash vazirligi uch ming nafar ko‘ngillida klinik sinovlarning yakuniy, uchinchi bosqichini boshlashga ruxsat berdi. Bugun ilmiy-tadqiqot instituti, Almati va Taraz shaharlari klinikalarida dastlabki ko‘ngillilar emlandi", - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, dekabr oxiriga qadar uch ming nafar ko‘ngillini emlash ishlari yakunlanadi.

 Avvalroq Qozog‘istonda Rossiya bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushishi haqida xabar berilgandi.

 Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, zavod kelasi haftada ishga tushadi.

Mavzuga oid