Jahon | 17:29 / 02.01.2021
21371
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy tashqi ishlar vaziri koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida gapirdi 

COVID-19 kasalligiga chalinish holati 2019 yil dekabrda Xitoyning Uhan shahrida aniqlangandi.

Foto: Reuters

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I koronavirusning kelib chiqishi to‘g‘risida fikr bildirdi. Uning aytishicha, aksariyat tadqiqotlarga ko‘ra, yangi infeksiya pandemiyasi butun dunyoning turli nuqtalarida alohida holda avj olgan. 

 «Xitoyda noma'lum koronavirus paydo bo‘lganida epidemiologik tekshiruv olib borish, patogenni aniqlash uchun tezkorlik bilan chora ko‘rildi», — dedi u Sinxua agentligiga bergan intervyusida.

 Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy COVID-19 yuqtirish holatlari to‘g‘risida dunyoda birinchi bo‘lib ma'lumot berdi.

 COVID-19 kasalligiga chalinish holati 2019 yil dekabrda Xitoyning Uhan shahrida aniqlangandi. 2020 yil 11 martda JSST vaziyatni pandemiya deb baholadi.

 Avvalroq Associated Press Xitoy koronavirus kelib chiqishiga aloqador bo‘lgan har qanday surishtiruvlarni jiddiy nazorat qilib, ularning chop etilishiga yo‘l qo‘ymayotganligi to‘g‘risida yozgandi.

 Qayd etilishicha, Xitoy hukumati koronavirus faqat Xitoy hududidan tarqalmagani haqidagi farazlar ommalashishi uchun harakat qilyapti.

Mavzuga oid