Qirg‘iziston hukumati iste'foga chiqdi
Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq, vazirlar mahkamasi a'zolari yangi hukumat shakllanguniga qadar o‘z vazifasini bajaradi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Prezident saylovi natijalariga ko‘ra Sadir Japarov boshchiligidagi Qirg‘iziston hukumati iste'foga chiqdi. Bu haqda mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Talant Mamitov Japarovning vakolatlarini topshirish to‘g‘risidagi arizasini qabul qildi hamda hukumatning amaldagi tarkibi iste'foga chiqqani to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq, vazirlar mahkamasi a'zolari yangi hukumat shakllanguniga qadar o‘z vazifasini bajaradi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Artyom Novikov bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
16 yanvar kuni Qirg‘iziston markaziy saylov komissiyasi Japarov prezident saylovida 79,23 foiz ovoz bilan g‘olib chiqqanini e'lon qildi. Uning inauguratsiya marosimi 28 yanvarda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024