Bayden Trampning impichmenti bo‘yicha ishni cho‘zmaslikka chaqirdi
Xabar qilinishicha, Bayden Trampga nisbatan impichment e'lon qilinishidan hech qachon xursand bo‘lmagan.
AQSh prezidenti Jo Bayden senatdagi ko‘pchilikni Donald Trampning impichmenti bo‘yicha sud eshituvlari jarayonini cho‘zmaslikka chaqirdi. Bu haqda The Hill nashri xabar bermoqda.
"Prezident Baydenning sobiq prezident Tramning bo‘lajak impichment jarayoniga nisbatan senatdagi demokratik partiya yetakchilariga murojaati aniq: jarayon qisqa bo‘lsin, kun tartibi buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak", - deb yozadi nashr.
Xabar qilinishicha, Bayden Trampga nisbatan impichment e'lon qilinishidan hech qachon xursand bo‘lmagan. U senatdagi sud eshituvlari yangi ma'muriyatga mansabdor shaxslarni tayinlash jarayoniga xalaqit berishini doim anglab kelgan.
Vakillar palatasi Trampga impichment e'lon qilishga 13 yanvarda ovoz bergan. Tramp 6 yanvarda o‘z tarafdorlarining Kapitoliyga bostirib kirishiga olib kelgan g‘alayonga undashda ayblanmoqda.
Agar sud ko‘rinishida o‘tadigan senatdagi jarayon Trampga impichmentni ma'qullasa, unda sobiq prezident yangi muddatga prezidentlikka nomzodini qo‘yish va davlat lavozimlarini egallash imkoniyatidan mahrum bo‘ladi.
Mavzuga oid
09:40
Bayden Trampga: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash AQSh manfaatlariga javob beradi
21:45 / 13.11.2024
«Qaytganingiz bilan!» - Tramp Oq uyda Bayden bilan uchrashdi
08:19 / 11.11.2024
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ko‘ndirmoqchi
20:42 / 09.11.2024