Gulistonda 75 mln so‘mlik dori vositalari yo‘q qilindi
2020 yil 28 iyul kuni Sirdaryo tumanining Qozog‘iston bilan chegaradosh bo‘lgan hududida o‘zbekistonlik M.Z.va Q.F. Ukrainada ishlab chiqarilgan, tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 5 turdan iborat bo‘lgan, jami 18 994 dona tibbiy dori vositalarini davlat chegarasini buzib O‘zbekistondan Qozog‘istonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida qo‘lga olingan.
Majburiy ijro byurosi xabariga ko‘ra, ular Sirdaryo tuman ma'muriy sudi tomonidan mazkur shaxslar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 227-1-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy javobgarlikka tortilgan.
Qayd etilishicha, bu shaxslardan ashyoviy dalil sifatida olingan 18 994 dona, umumiy qiymati 74 940 870 so‘m bo‘lgan dori vositalari Guliston shahar MIB tomonidan joriy yilning 2 fevral kuni belgilangan tartibda yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
09:10 / 15.11.2024
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
12:30 / 10.10.2024
Dorilarning postmarketing nazorati o‘tkaziladi
14:00 / 04.10.2024
To‘rt hududda kuchli dori vositalari savdosi fosh etildi
13:30 / 17.09.2024