Buxoro viloyati hokimi Senat a'zosi etib saylandi
Bugun, 4 fevral kuni, Buxoro shahridagi Yoshlar markazida xalq deputatlari Buxoro viloyati, tuman va shahar kengashlari deputatlarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘shab qolgan o‘ringa Oliy Majlis Senati a'zosini saylash masalasi ko‘rib chiqildi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kun tartibidagi masala yuzasidan maslahat kengashi raisi Samoyiddin Husenov so‘zga chiqdi. U o‘z chiqishida 51-“Xalqobod” saylov okrugidan viloyat kengashi deputati, viloyat hokimi Botir Zaripov nomzodi Senat a'zoligiga tavsiya qilinganini aytdi.
Shundan so‘ng yashirin ovoz berish yo‘li bilan Oliy Majlis Senati a'zosini saylash bo‘yicha saylov o‘tkazildi. Buxoro viloyati, tuman va shahar kengashlari deputatlarining ovozi bilan Botir Zaripov Senat a'zosi etib saylandi.
Botir Zaripov 1969 yil 20 noyabrda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan.
U 2015-2016 yillarda AT “Agrobank” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari, 2016-2019 yillarda “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan. 2019 yil 4 apreldan esa yangidan tashkil etilgan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Botir Zaripov 2020 yil 7 noyabrda Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. 2021 yilning 22 yanvar kuni Buxoro viloyati hokimi etib tasdiqlandi.
Mavzuga oid
12:30 / 06.11.2024
AQShda Trampning respublikachilari Senatda ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
11:34 / 06.11.2024
Buxoroda 1 mlrd so‘mdan ziyod elektrdan noqonuniy foydalangan tadbirkor aniqlandi
15:04 / 03.11.2024
Buxoroda xotiniga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxs qamoqdan ozod qilinib, shartli jazo tayinlandi
15:55 / 24.10.2024