O‘zbekistondagi ayol sudyalar soni 160 nafarga yetdi
19 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda sudyalik lavozimining birinchi va navbatdagi muddatga, shuningdek, vakolat muddatiga qayta tayinlash masalalari ochiq tanlov shaklida ko‘rib chiqildi.
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida o‘tgan ochiq tanlov natijalariga ko‘ra, sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddati uchun hujjat topshirgan 12 nafar nomzodning 5 nafari sudyalik lavozimiga loyiq ko‘rildi. Ularning 2 nafari sudyalik lavozimiga noloyiq deb topilgan, 5 nafari zaxiraga qoldirilgan.
Shuningdek, kengash 8 nafar nomzodning sudyalik lavozimida bo‘lish muddatiga qayta tayinlash masalasini ko‘rib chiqib, 4 nafarini munosib deb topdi, qolganlari zaxiraga qoldirildi. Bundan tashqari, besh yillik faoliyati yakuniga yetgan yana 8 nafar sudyaning barchasi navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlandi.
Nomzodlarning to‘rt nafari ayollar bo‘lib, ularning birortasi ochiq tanlovda «yiqilmagan». Shu tariqaYu O‘zbekistonda ayol sudyalar soni 160 nafarga yetdi.
Sudyalar oliy kengashining tegishli qarorlariga ko‘ra:
Zavqiddin Zayniddinovich Yarashev birinchi besh yil muddatga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yangihayot tuman sudi sudyasi lavozimiga;
Sarvar Murtazoyevich Mustafoyev birinchi besh yil muddatga
Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi lavozimiga;
Dilfuza O‘razaliyevna Opayeva birinchi besh yil muddatga
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi sudyasi lavozimiga;
Sharof Zoirovich Eshimov birinchi besh yil muddatga
Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudi raisi lavozimiga;
Azizbek Nurmagamedovich Jalilov birinchi besh yil muddatga
Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek:
Asqarali Ahmadjonovich Ummataliyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Muhtarama Mahamadaliyevna Turg‘unova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Muyassar Qahhorovna Sultonova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Namangan viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Otabek Rayimovich Berdiyev - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan - besh yil muddatga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Boysun tuman sudi raisi lavozimiga;
Feruza Inomjonovna Jalolova - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudi sudyasi lavozimiga;
Shomurod Hamdamovich Begmatov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Jizzax viloyati
Zomin tumanlararo iqtisodiy sudi raisi lavozimiga;
Shavkatbek Halimovich Ramazonov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Qahramon Omonovich Xolmurodov - sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan - besh yil muddatga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sharof Rashidov tuman sudi raisi lavozimiga tayinlandi.
Bundan tashqari:
G‘iyosiddin To‘lqinovich Yalgashev - sudyalik vakolati muddati davriga Jizzax viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Jamol Zaxirovich Matniyazov - sudyalik vakolati muddati davriga Xorazm viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudi sudyasi lavozimiga;
Mo‘ydinjon Muxtorovich Salimov - sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
Tojiddin Nasimjonovich Madrahimov - sudyalik vakolati muddati davriga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudi raisi lavozimiga qayta tayinlandi. Shu munosabat bilan ularning barchasi avval egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi.
Mavzuga oid
11:05 / 10.11.2024
«Izolyatorlar to‘lib ketgan» – Oliy sud raisi sudyalar qat’iyatsizligining oqibatlari haqida
15:50 / 09.09.2023
“Bizning xalq befarq emas” – sudlar va sudyalar faoliyati haqida ochiq suhbat
07:53 / 31.08.2023
Sudyalikka talabgorlar sinovlarda nega 0 ball olganiga izoh berildi
12:14 / 04.08.2023