“Formula-1”: Yangi mavsumning ilk g‘olibi aniqlandi
“Formula-1” poygalarining yangi mavsumdagi birinchi bosqichi – Bahrayn gran-prisida amaldagi jahon chempioni, “Mersedes” vakili Lyuis Hemilton g‘alaba qozondi.
U belgilangan masofani 1 soat 36 daqiqa 3,897 soniyada bosib o‘tdi.
Marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib “Red Bull” a'zosi Maks Ferstappen kesib o‘tdi. Niderlandiyalik poygachi g‘olibdan bor-yo‘g‘i 0,745 soniya ortda qoldi. 3-o‘rinni Hemiltonning jamoadoshi Valtteri Bottas egalladi.
E'tiborlisi, “Formula-1”da debyut qilgan poygachilar orasida afsonaviy sobiq poygachi Mixael Shumaxerning 21 yoshli o‘g‘li Mik Shumaxer ham bor. “Haas” jamoasi uchun ishtirok etayotgan Mik poygani 16-o‘rinda yakunladi.
Poygalarning keyingi bosqichi Italiyaning Imola shahrida 16—18 aprel kunlari bo‘lib o‘tadi.
2020 yil 31 dekabrda Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 35 yoshli Lyuis Hemiltonga avtosportdagi yutuqlari uchun ritsar unvonini bergandi. Sportchi o‘tgan mavsumdagi g‘alabasi evaziga chempionlik unvonlari soni bo‘yicha bungacha rekordchi bo‘lgan Mixael Shumaxer bilan tenglashib oldi. Biroq Hemiltonda bu natijani ancha yaxshilash uchun hali imkoniyat bor.
Mavzuga oid
23:50 / 07.10.2023
Ferstappen qatorasiga uchinchi marta Formula-1 bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
11:13 / 21.11.2022
To‘rt karra jahon chempioni Sebastyan Fettel «Formula-1»dagi faoliyatini yakunladi
20:23 / 12.12.2021
Maks Ferstappen ilk bor “Formula-1” chempioniga aylandi
23:06 / 28.11.2021