Surxondaryoda otasiga qo‘l ko‘targan o‘g‘ilga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyatida oilaviy kelishmovchilik ortidan otasini urib, unga tan jarohati yetkazgan o‘g‘ilga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yil 16 fevral kuni soat taxminan 11:00 lar atrofida Jarqo‘rg‘on tumanining Obi hayot mahallasida yashovchi, T.J. uyida turmush o‘rtog‘i, uy bekasi, T.Z. hamda farzandlari, T.R. va T.G. bilan o‘zaro janjallashgan. Shunda T.J.ning o‘g‘li T.R. qo‘li bilan otasining ko‘kragiga zarb bilan urib, unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 13 mart kuni muntazam ravishda oilaviy kelishmovchiliklar bo‘lib kelayotgan oila vakili, o‘z otasiga qo‘l ko‘targan T.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024