Senat Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining noqonuniy qarorini bekor qildi
Senat Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashining «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid ravishda chiqargan qarorini bekor qilgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2020 yil 29 sentyabrda Surxondaryo tumani Bektepa mahallasida joylashgan kichik sanoat hududida 1,046 kilometr avtomobil yo‘li qurilishi bilan obodonlashtirish obekti bo‘yicha tender savdolari o‘tkazilgan. Unda «Akbar Anvar Kelajagi» MChJ g‘olib chiqqan. Ammo Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi 2010 yil 10 noyabrda 139/VI-16-sonli qarori bilan mazkur obekt qurilishini asossiz ravishda boshqa korxonaga berib yuborgan.
Shundan so‘ng, MChJ Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasiga murojaat qilgan va holatni o‘rganib korxonaga amaliy yordam berishni so‘ragan.
Qo‘mita tomonidan mazkur masala o‘rganib chiqilganda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining 2020 yil 10 noyabrdagi 139/VI-16-sonli qaror bilan mazkur obekt qurilishini boshqa korxonaga berib yuborgani O‘zbekiston Respublikasi «Raqobat to‘g‘risida»gi qonun talablariga zid ekanligi aniqlangan.
Qo‘mita tomonidan ushbu qonunbuzarlik yuzasidan Oliy Majlis Senatiga murojaat qilingan va Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashining 2020 yil 10 noyabrda qabul qilgan 139/VI-16-sonli qarorini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish hamda mazkur kengashga kelgusida bunday qarorlarni qabul qilmasliklari yuzasidan tegishli ko‘rsatma berish so‘ralgan.
Ta'kidlanishicha, mazkur masala Senat tomonidan o‘rganib chiqilib, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat kengashi tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda qaror qabul qilinganligi o‘z tasdig‘ini topgan va ushbu qaror bekor qilingan.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonunining 26-moddasiga asosan Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashining mamlakat Konstitutsiyasi va qonunlariga, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid keladigan qarorlari Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan tartibda bekor qilinishi belgilangan.
Mavzuga oid
14:02
Prezident 9 nafar senatorni tayinladi
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024