O‘zbekiston | 08:38 / 03.04.2021
3472
2 daqiqa o‘qiladi

Chimboy va Nukus tumani hokimlariga yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlandi

Polat Maxsetbayev - Nukus tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Polat Maxsetbayev / Foto: Nukus tumani hokimligi axborot xizmati

Nukus tumani hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, Polat Maxsetbayev shu kunga qadar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. 

Shuningdek, Azamat Sulaymanov - Chimboy tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Azamat Sulaymanov / Foto: Chimboy tumani hokimligi axborot xizmati

Tuman hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, tayinlovga qadar Azamat Sulaymanov Chimboy tumani hokimining maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldin Nukus shahri va Taxiatosh tumani hokimlariga yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosarlar tayinlangandi. Ma'lumot uchun, o‘tgan mart oyida Qoraqalpog‘istondagi 5 ta tashkilot rahbariga o‘rinbosarlar tayinlangan.

Mavzuga oid