O‘zbekiston | 08:52 / 13.04.2021
3634
1 daqiqa o‘qiladi

Berdaq haqida hujjatli film suratga olinmoqda

«O‘zbekkino» Milliy agentligi buyurtmasiga binoan «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasi tomonidan Berdaq hayoti va ijodi haqida «Amu sohili kuychisi» nomli hujjatli film suratga olinmoqda. Bu haqda «O‘zbekkino» Milliy agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur film yetuk shoir, qoraqalpoq mumtoz adabiyoti asoschisi Berdaq taxallusi bilan ijod qilgan Berdimurod Qarg‘aboy o‘g‘li haqida. Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan tasvirga olinmoqda. «Xalq yuragi» nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. 

Ssenariy muallifi Kengesbay Karimov, rejissyor Bektileu Nizamatdinov, operator Asenbay Asqarov, kartina direktori Baxtiyar Madiyarov. 

Filmning suratga olish ishlari Bo‘zatau tumanidagi Berdaq bog‘ida, Qoraqalpoq davlat universiteti va Berdaq muzeyida bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzuga oid