Jamiyat | 17:44 / 23.04.2021
3113
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda rashk tufayli ikki kishini pichoqlagan shaxs qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

Navoiy shahrida rashk tufayli ikki kishini pichoqlagan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 20 aprel kuni soat 21:30 larda 24 yoshli X.Doniyor Navoiy shahar S.Ayniy ko‘chasida yashovchi tanishi 28 yoshli X.Nigora o‘zining yashash xonadonida 29 yoshli A.Jamshid bilan o‘zaro gaplashib turganligini ko‘rib qolgan.

So‘ng, rashk tufayli oshxona pichog‘i bilan X.Nigora va A.Jamshidlarning qorin sohasiga qasddan bir marotabadan urib jarohat yetkazgan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Navoiy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan X.Doniyorga nisbatan jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid