Jahon | 16:02 / 02.05.2021
30827
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dovul aeroportda turgan katta o‘lchamli samolyotni burib yubordi (video)

Xitoy sharqidagi Nantun shahriga yopirilgan dovul 11 kishining o‘limiga olib keldi. Shuningdek, 102 kishi jarohatlangan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ba'zi hududlarda 1 smdan 3 smgacha o‘lchamda do‘l yog‘gan, shamol tezligi soniyasiga 45 metrgacha yetgan. 

Qurbonlar dovul vaqtida daryoda cho‘kib ketishgan yoki ustlariga daraxt va elektr ustunlari ag‘darilishi oqibatida halok bo‘lishgan.

Shuningdek, daryoda baliq ovlovchi qayiqning to‘ntarilishi oqibatida undagi 11 kishidan 9 nafari bedarak yo‘qolgan, 2 kishi qutqarib qolingan. Yo‘qolganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Internetda tabiiy ofatning avjiga mingani videolari joylashtirildi. Ulardan birida dovul Nantun aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagida turgan katta o‘lchamli yo‘lovchi samolyotni o‘z o‘qi atrofida burib yuborganini ko‘rish mumkin.

Ta'kidlanishicha, dovul vaqtida shahardagi ko‘plab uylarga jiddiy zarar yetgan. Tabiiy ofat sababli 3 mingdan ko‘proq aholini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.

Mavzuga oid