O‘zbekiston | 09:47 / 03.05.2021
8411
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryo viloyatida yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekistonda masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi. Surxondaryo viloyati Uzun tumani Yangihayot mahallasida qurilgan yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan Uzun tumani  Yangihayot mahallasida qurilgan yangi «Domullo Mahmud» jome masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.

Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi masjidlar soni bittaga ko‘payib, 2089ta bo‘ldi. Surxondaryo viloyatidagi masjidlar soni esa 121taga yetgan.

Mavzuga oid