Surxondaryoda o‘zidan «jonli konteyner» sifatida foydalangan narkokurer qo‘lga olindi
Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari “Ayritom” chegara-bojxona postida giyohvandlik vositalarini noqonuniy ravishda olib kirish uchun o‘z hayotini xavfga qo‘ygan shaxsni to‘xtatib qolishdi.
Mazkur postga piyoda ravishda kirib kelgan qo‘shni davlat fuqarosi M.A. inson tana a'zolarini skanerlash qurilmasi ko‘magida ko‘zdan kechirilganida, uning organizmida yot jismlar – kapsulalar mavjudligi aniqlandi.
Shundan so‘ng, Termiz shahridagi tibbiy muassasalardan birida shifokorlar ko‘magida ushbu shaxsning ichidan 47 dona skotchlangan o‘ramlar chiqarib olindi.
Mazkur o‘ramlar belgilangan tartibda ochib ko‘rilganida, ularning ichiga 423 gramm og‘irlikdagi opiy hamda 17 dona oq rangli tabletkalar joylangani ma'lum bo‘ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024