Surxondaryoda «Jiguli» mashinasiga 16 nafar yo‘lovchi mindirgan haydovchiga chora ko‘rildi
Surxondaryo viloyati Uzun tumanida o‘zining «Jiguli» mashinasida 16 nafar yo‘lovchi olib ketayotgan haydovchiga chora ko‘rilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 15 may kuni Surxondaryo viloyat IIB YHXB YPX xodimlari tomonidan Uzun tumanida o‘tkazilgan reyd tadbirida «Jiguli» mashinasi to‘xtatilgan. Hujjatlarni ko‘zdan kechirish jarayonida ushbu mashinada belgilangan me'yordan ortiq, 16 nafar odam borligi aniqlangan.
Qayd etilishicha, mashinada kelayotgan 16 nafar fuqaro dehqon fermer xo‘jaligi egasi bo‘lgan haydovchining qo‘l ostida ishlaydigan yollanma ishchilar bo‘lgan. Haydovchi o‘ziga tegishli yerda ularni olib borib ishlatib, so‘ng olib qaytayotgan vaqtda yo‘l-patrul inspektorlari tomonidan to‘xtatilgan.
Ta'kidlanishicha, ushbu haydovchiga nisbatan yo‘l harakati qoidalarining 159-moddasiga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024