Jahon | 23:04 / 19.05.2021
14902
1 daqiqa o‘qiladi

Maldiv orollari asr oxiriga borib yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi aytildi

Hind okeanida joylashgan Maldiv orollari dunyo iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashmasa, joriy asr oxiriga borib yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Bundan ushbu mamlakatning atrof-muhit va texnologiyalar vaziri Aminat Shauna ogohlantirdi.  

Foto: RIA Novosti / Natalya Seliverstova

Uning aytishicha, agar tabiatga hozirgidek ko‘lamda zarar yetkazilishi davom etsa, unda 2100 yilga borib Maldiv dunyo xaritasidan yo‘qolishi mumkin.

«Iqlim o‘zgarishi bor narsa, biz esa bu muammo oldida dunyodagi eng zaif davlatmiz», deb aytgan Shauna CNBC telekanali efirida.

Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda Maldivning 80 foizi dengiz sathidan bor-yo‘g‘i bir metr balandlikda joylashgan. Hozirda orollardagi quruqlikning katta qismida toshqinlar va sohilbo‘yining yemirilishi kuzatilmoqda. Orollar hukumati iqlim o‘zgarishi ta'sirini kamaytirish uchun choralar ko‘rmoqda. Jumladan, Maldivda sohilbo‘yi hududlarini muhofaza qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, mamlakat qolgan davlatlarga o‘rnak bo‘lish maqsadida atrof-muhitga chiqariladigan issiqxona gazlarini qisqartirish borasida yetakchiga aylanishga intilmoqda.

Mavzuga oid