Hindistonda «qora mog‘or» epidemiyasi e'lon qilindi
Rajastonda «qora mog‘or»ga chalingan 100ga yaqin bemor bo‘lib, ularni davolash uchun Savay Man Singx shifoxonasida alohida bo‘lim hozirlangan.
Hindistonning Rajaston va Telangan shtatlarida «qora mog‘or» deb ataluvchi mukormikoz kasalligi epidemiyasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda REGNUM.
Epidemiya to‘g‘risida dastlab Rajaston shtatida e'lon qilindi. Bu haqdagi xabarnomani shtat sog‘liqni saqlash vaziri Axil Aroroy imzolagan.
Rajastonda «qora mog‘or»ga chalingan 100ga yaqin bemor bo‘lib, ularni davolash uchun Savay Man Singx shifoxonasida alohida bo‘lim hozirlangan.
Qayd etilishicha, Rajastonda mukormikozga chalinganlar soni koronavirus sababli o‘sishda davom etmoqda. Bu kasallik koronavirusning nojo‘ya ta'siri sifatida kelib chiqmoqda.
Rajaston ortidan Telangan shtati sog‘liqni saqlash vaziri Srinivasa Rao ham «qora mog‘or» epidemiyaga aylanganini e'lon qildi.
Hindistonda «qora mog‘or» kasalligi may oyi boshida qayd etilgandi. Mukormikoz ko‘pincha koronavirusdan yaqinda sog‘ayganlarda aniqlanmoqda.
Avvalroq Rossiyada COVID-19 bemorlarida xavfli "qora mog‘or" kasalligini yuqtirish holatlari qayd etilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
09:50 / 21.09.2024
Hindiston O‘zbekistonda elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarishi mumkin
17:32 / 20.09.2024
Rossiya armiyasiga aldov yo‘li bilan jalb qilingan va urushga yuborilgan o‘nlab hindistonliklar vataniga qaytdi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
01:33 / 14.09.2024