Sher bolasi hayvonot bog‘iga topshirildi
Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Sherni uyda boqish mumkinmi?» nomli videolavhadagi holat Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Qo‘qon shahar davlat inspektorlari tomonidan nazoratga olingan va o‘rganish olib borilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, sher bolasini saqlayotgan xonadon egalari hayvonlarni saqlashga oid tegishli hujjatlarni taqdim qila olmagan. Shundan so‘ng Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasining Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlar masalalari bo‘limi xodimlari, Qo‘qon shahar inspektorlari tomonidan sher bolasi Farg‘ona shahrida joylashgan hayvonot bog‘iga topshirilgan. Sher bolasi alohida maxsus tayyorlangan qafasga joylashtirilib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Avvalroq Kun.uz’da sher bolasi haqida lavha berilgan edi.
Mavzuga oid
23:30 / 29.09.2024
Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi
18:31 / 19.08.2024
Xorazmda noqonuniy saqlanayotgan sher hayvonot bog‘iga topshirildi
17:58 / 30.06.2024
Jizzaxdagi bog‘da qo‘yib yuborilishi rejalashtirilgan 5 mingta shar yo‘q qilindi
11:05 / 30.06.2024