O‘zbekiston | 13:58 / 21.05.2021
2939
2 daqiqa o‘qiladi

Uchko‘prikda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida haydovchi vafot etdi

Uchko‘prikda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi vafot etgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati ishki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, voqea 19 may kuni Uchko‘prik tumanida sodir bo‘lgan. Tumanning Katta Qo‘shtepa qishlog‘i hududidan o‘tayotgan, fuqaro X.A. «Damas» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan A.A. boshqaruvidagi «T-28» rusumli traktor bilan to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida «Damas» rusumli avtomashina yo‘lovchisi B.U tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Xabarda aytilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Avvalroq, viloyatning Bog‘dod-Qo‘qon yo‘lida ham mudhish avariya sodir bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid