O‘qituvchini kaltaklagan fuqaro sud qarori bilan jarimaga tortildi
Kun.uz Navoiy viloyati Navbahor tumanining Paxtakor mahallasidagi 33-umumiy o‘rta ta'lim maktabining ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari maktab o‘quvchilaridan birining onasi tomonidan kaltaklangani haqida ma'lum qilgandi. Mazkur voqea 2021 yilning 19 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Voqeaga 10-sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi qizning maktabga formada kelmagani sabab bo‘lgan, bunga e'tiroz bildirgan direktor o‘rinbosari Dilbar Qodirova qizning onasi Hilola Adizova tomonidan o‘quvchi va o‘qituvchilar oldida kaltaklangandi.
Sudda huquqbuzar Hilola Adizovaning harakatlari ish materiallarida mavjud bo‘lgan dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan. Shuningdek, guvohlarning ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, direktor o‘rinbosari Dilbar Qodirovaning harakatlarida huquqbuzarlik harakatlari yo‘q deb topilgan va unga nisbatan ko‘rilgan ma'muriy ish tugatilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, fuqaro Hilola Adizovaga MJtKning 41 va 52-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun ba'zaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (735 000 so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid
07:50 / 31.10.2024
Yo‘lning chetki chap qatorida harakatlangan yuk mashinasi haydovchilari jarimaga tortiladi
11:00 / 04.10.2024
195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi
07:20 / 20.09.2024
Daraxtlarni kesish va qasddan quritish uchun jarimalar oshiriladi
22:21 / 18.09.2024