Angrenda «Neksiya» bilan to‘qnashgan «Lasetti» yonib ketdi
Angrenda "Neksiya" bilan to‘qnashgan "Lasetti" yonib ketdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 11 iyun kuni soat 22:30larda, Toshkent viloyati, Angren shahar hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘li 180-kilometrida haydovchi, 1982 yilda tug‘ilgan R.S. boshqaruvidagi "Lasetti" rusumli hamda haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan M.Yu. boshqaruvidagi "Neksiya" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lib, zarb oqibatida "Lasetti" rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in bartaraf etilgan, to‘qnashuv natijasida "Lasetti" rusumli avtomobil yo‘lovchisi, 1989 yilda tug‘ilgan N.Sh. tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Angren shahar IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:03 / 13.11.2024
Andijonda Damas ag‘darilib piyodalar yo‘lakchasida 9 yoshli qizchani bosib qoldi
13:19 / 13.11.2024
Penzadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni aniqlashtirildi
19:07 / 12.11.2024
FVV avtomobili vazirlik binosiga kirishda qo‘pol qoidabuzarlik qildi
17:41 / 12.11.2024