Jahon | 20:09 / 18.06.2021
7595
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda qullik bekor qilingan kun milliy bayram etib belgilandi

Foto © TASS / AP

AQSh prezidenti Jo Bayden qullar ozod qilinishi kuni federal bayram deb tan olinishi haqidagi farmonni imzoladi. Ushbu kun AQShda 19 iyunda nishonlanib kelingan. Yangi bayram National Independence Day - Milliy mustaqillik kuni, deb nom oldi va dam olish kuni, deb e'lon qilindi.

Bayden Oq uyda farmonni imzolash vaqtida “buyuk davlatlar o‘z tarixidagi og‘riqli damlarni inkor qilmay, ularni qabul qilishini” ta'kidlab o‘tgan.

AQShda qullarning ozod qilinishi haqidagi hujjatni AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1863 yilda qabul qilgan. Biroq janubiy shtatlarning qarshiligi sababli hujjat Fuqarolik urushi yakunlanmaguncha kuchga kirmagan. 1865 yil 19 iyunda janubiy shtatlar konfederatsiyasiga kiruvchi shtatlardan oxirgi bo‘lib Texasda qullik tugatilgani e'lon qilingan. Shu yilning dekabrida AQSh konstitutsiyasiga butun mamlakat bo‘ylab qullikni bekor qilgan 13-tuzatma kiritilgan.

Mavzuga oid