Toshkent hayvonot bog‘iga ikkita oq sher bolasi olib kelindi
Janubiy Afrika Respublikasidan «Wildlife care» kompaniyasi tomonidan Toshkent hayvonot bog‘iga Joni va Jyenni laqabli ikkita sakkiz oyli oq sher bolasi olib kelindi.
Oq sherlar tabiatda juda kam uchraydi va ularning soni atigi 300 taga yetadi, shuning ham katta qismi hayvonot bog‘larida saqlanadi.
Oq sher – bu sherlarning alohida turkumi emas, balki «leykemizm» nomi ostida ma'lum bo‘lgan mutatsiya natijasidir.
Ularni faqat Janubi-Sharqiy Afrikada yashovchi afrika sherlarining «Panthera leo krugeri» nomli transvaal ost turkumi orasida uchratish mumkin.
Rangi ko‘zga tashlanadigan bo‘lgani uchun yovvoyi tabiat qo‘ynida yashash ular uchun juda murakkab masala va bu ov qilishda xalaqit beradi. Ular osongina boshqa yirtqichlar va brakonerlar o‘ljasiga aylanishadi.
Mavzuga oid
23:30 / 29.09.2024
Nigeriyada sher hayvonot bog‘i xodimini g‘ajib tashladi
13:07 / 31.08.2024
Germaniya hayvonot bog‘ida dunyodagi eng keksa yalqov vafot etdi
17:13 / 22.08.2024
40 yillik tutqunlikda - Janubiy Afrika hayvonot bog‘idagi so‘nggi fil ozod etildi
18:31 / 19.08.2024