Jamiyat | 14:12 / 21.06.2021
4634
1 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda karantin qoidalari kuchaytirildi

Surxondaryoda oxirgi xaftada koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashan. Shu sababli Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov 18 iyun kuni yig‘ilish o‘tkazib, karantin qoidalari kuchaytirilishi masalasini ko‘rib chiqqan.

Kun.uz'ga ma'lum qilinishicha, ma'sullarga kasalxonalardagi o‘rinlarni shay holatga keltirish, kislorod ballonlari, dori-darmon zahirasini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Majlisda umumiy ovqatlanish joylari, parklar, ko‘ngilochar joylar faoliyatini to‘xtatish, to‘y-ma'rakalarni cheklash taklif qilingan. Bu taklif qo‘llab-quvvatlanmagan.

IIB zimmasiga fuqarolarni ijtimoiy masofani saqlashini nazoratga olish vazifasi yuklatilgan.

IIB xodimlari ko‘cha va bozorlarda fuqarolardan niqob taqishni talab qilmoqda.

Mavzuga oid