O‘zbekiston | 07:47 / 05.07.2021
3129
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda taqiqni buzgan ovchilar jarimaga tortildi

2021 yilning 2 iyul kuni Konimexdagi Ko‘kcha ovuli hududida tuman ekologiya inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan tezkor nazorat reyd o‘tkazilgan va noqonuniy ov qilib yurgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Kun.uz'ga Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, Karmana tumanida yashovchi 2 nafar fuqaro ov taqiqlangan davr bo‘lishiga qaramay, «Nexia» mashinasiga o‘rnatilgan qo‘lbola tunggi yoritgich hamda 12 kalibrli ov qurolida 7 dona quyon va 2 dona kaklikni ovlashgan.
  
Taqiqni buzgan ovchilarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 6 million 125 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilangan. Shuningdek, ov quroli belgilangan tartibda olib qo‘yilib, «Nexia» mashinasi jarima maydoniga joylashtirilgan.

Hozirda to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlar bo‘yicha Konimex tuman sudiga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

Oldinroq Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida noqonuniy baliq ovlaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

Mavzuga oid