Samarqanddagi AYoQShda sodir bo‘lgan portlash oqibatida bir kishi vafot etdi
Samarqand tumanida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun, 8 iyul kuni soat 14:36larda Samarqand tumani «Qunduzsufiy» MFYda joylashgan AYoQSh hududida yer ostida joylashgan 25 tonnali sig‘imda portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda xabar olingandan voqea joyiga zudlik bilan 5ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, portlashga AYoQShdagi 25 tonnali sig‘imda payvandlash ishlari olib borilayotganda ehtiyotsizlikka yo‘l qo‘yilgani sabab bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida bir nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana bir fuqaro esa termik kuyish tan jarohatini olgan.
Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
07:30 / 04.11.2024
Toshkentdagi yana uchta AYoQShda sifatsiz benzin sotilayotgani aniqlandi
21:44 / 01.11.2024