O‘zbekistonga yana bitta «Afrosiyob» poyezdi olib kelinmoqda
O‘zbekistonga yana bitta «Afrosiyob» poyezdi olib kelinmoqda. 11 ta vagon va ikkita lokomotivdan iborat poyezd Sankt-Peterburg portidan O‘zbekistonga jo‘natish uchun hozirlanmoqda. Bu haqda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yil 30 iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan kemaga ortilgan 2 ta lokomotiv va 11 ta vagondan iborat «Afrosiyob» poyezdi Sankt-Peterburg portiga yetib kelgan. Shuningdek, mazkur poyezd bilan birga yana 4 ta alohida vagon ham kelmoqda. Ular avval keltirilgan shu turdagi poyezdlarda ishlatilishi mo‘ljallangan.
Ta'kidlanishicha, ayni kunlarda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaviy poyezdni relsga qo‘yib O‘zbekistonga olib kelishga hozirlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ilk «Afrosiyob» poyezdini 2011 yilda qabul qilib olgan edi. O‘shandan keyin yana uchta bu turdagi poyezdlar sotib olingan.
Mavzuga oid
23:28 / 14.11.2024
«Milliy bog‘» metro bekatida poyezd texnik nosozlik sabab to‘xtatildi
20:45 / 12.11.2024
Angliyada birinchi akkumulyatorli poyezd sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi. U soatiga 120 km tezlikka chiqdi
10:47 / 07.11.2024
Toshkentdan Issiqko‘lga poyezd 2025 yildan qatnay boshlaydi
23:26 / 06.11.2024