Janubiy Koreyaning bir qator hududlarida koronavirusga qarshi choralar kuchaytirildi
Janubiy Koreyaning poytaxt hududida 12 iyuldan ijtimoiy masofalashuvning eng yuqori – to‘rtinchi darajasi kiritildi. Ushbu rejim nafaqat poytaxt Seul, balki Inchxon va qo‘shni Kyongido provinsiyasida ham amal qiladi.
Fuqarolarga shaxsiy aloqalarni minimumlashtirish, zaruratsiz gavjum joylarga bormaslik tavsiya qilingan. Shuningdek, soat 18ga qadar 4 kishigacha, 18dan keyin esa 2 kishigacha uchrashishga ruxsat berilgan.
Poytaxt hududi joylashgan mehmonxonalar to‘lishi 75 foizdan oshmasligi kerak. Sport musobaqalari tomoshabinlarsiz o‘tkaziladi. Bolalar bog‘chalari va maktablar 14 iyuldan onlayn rejimga o‘tkaziladi.
Kompaniyalar rahbarlariga o‘z xodimlarining 30 foizini masofadan ishlashga o‘tkazish tavsiya qilingan.
Cheklovlarning kuchaytirilishi koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani bilaan bog‘langan. Mamlakatda o‘tgan hafta davomida mingdan ko‘proq kunlik kasallanish holatlari qayd qilingan.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024