Jahon | 08:41 / 13.07.2021
11921
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda dunyodagi ilk “fazoviy guruch”ning birinchi hosili yig‘ib olindi

Foto: xinhuanet.com

Janubiy Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti olimlari fazoda bo‘lgan guruchdan ilk hosilni olishdi. Bu haqda Xitoy televideniyesi ma'lum qildi.

Xitoy 2020 yil 24 noyabrda Oyga “Chan'e-5” qurilmasini yuborgandi. Oyning ko‘rinuvchi tomoniga qo‘ngan qurilma Oyda tuproq namunalari yig‘ib, ularni Yerga yetkazgandi. Shu bilan birga, ushbu missiya davomida 40 gramm guruch koinot nurlanishi ta'siriga uchratilgan. Keyinroq ushbu guruch Xitoy janubida ekilib, hozirda undan birinchi hosil olindi.

Olimlar “fazoviy guruch” ilmiy tadqiqotlar uchun katta qiymatga egaligi sababli o‘z tajribalarini davom ettirishmoqchi ekanini ma'lum qilishgan. Ularning ta'kidlashicha, koinot ta'siriga uchragan guruch donlari yangi serhosil va sifatli navlarni olishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.  

Mavzuga oid