Estoniya prezidenti velosipedda Rossiya bilan chegarani ko‘zdan kechirdi
Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd Estoniya-Rossiya chegarasini patrul qilishda ishtirok etdi. Kalyulayd patrullashni velosipedda amalga oshirgan.
“Men fevralda chegarachilarimiz bilan birga chang‘ilarda sharqiy chegarani patrullashda ishtirok etgandim. Kecha esa biz Estoniya-Rossiya chegarasini velosipedlarda aylanib chiqdik”, deb yozgan Kalyulayd Facebook’da.
Estoniya prezidenti chegarani politsiya va chegarani qo‘riqlash departamenti direktori Elmar Vaxer hamda chegara xizmati boshlig‘i Egert Belichev bilan birga ko‘zdan kechirib chiqqan.
Prezidentning ta'kidlashicha, mamlakat chegara infratuzilmasining rivojlanganligi darajasi uni hayratlantirgan.
“Yaxshiyam bugun chegaramizda migratsiya bosimi oshayotganining birorta alomati yo‘q. Biroq biz Litva va Latviyaning sharqiy chegarasida nimalar yuz berayotgani ortidan sinchkovlik bilan kuzatmoqdamiz. Nafaqat kuzatmoqdamiz, balki bunga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, deb aytgan Estoniya rahbari.
Hozirda Litva va Latviyaga Belarus chegarasi orqali o‘tishga harakat qilayotgan migrantlar oqimi oshmoqda.
Avvalroq Kersti Kalyulayd nomzodi NATO bosh kotibi lavozimiga ilgari surilishi mumkinligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:48 / 28.09.2024
YeI davlatlari chegaralarda yangi biometrik tizimning joriy etilishiga tayyor emas - FT
14:00 / 27.09.2024
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
14:40 / 16.09.2024
Germaniya chegaralarida umumiy tanlangan nazorat joriy etilyapti
23:57 / 13.09.2024