O‘zbekiston | 07:19 / 12.08.2021
3472
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi

Jizzax viloyati Zarbdor tumanida qasddan odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyat sodir etildi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Kun.uz’ga ma'lum qilindi.m

Foto: KUN.UZ

Ish holatlariga ko‘ra, 2021 yil 7 avgust kuni Zarbdor tumanida fuqaro T.A. ukasi Yu.T. bilan tumandagi dala shiyponlarining birida spirtli ichimlik iste'mol qilgan va aka-uka o‘rtasida kelib o‘zaro janjal kelib chiqqan. Shundan so‘ng Yu.T. akasi T.A.ni oshxona pichog‘i bilan tanasining yuz va boshqa sohalariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, 2021 yil 8 avgust kuni Zarbdor tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro A.N. qayniukasi A.S. bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida qayniukasi kelinoyisi A.N.ni oshxona pichog‘i bilan tanasining turli qismlariga urib tan jarohati yetkazganligi oqibatida vafot etgan.

Ushbu har ikki holatlar yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanida yashovchi fuqaro o‘z turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirish maqsadida, oshxona pichog‘i bilan unga tan jarohati yetkazganligi ma'lum qilingan edi.

Mavzuga oid