Afg‘oniston terma jamoasi futbolchisi samolyot shassisida mamlakatdan qochayotib halok bo‘ldi
Futbol bo‘yicha Afg‘oniston yoshlar terma jamoasi a'zosi Zakiy Anvariy mamlakatdan qochishga uringanida halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy jurnalistga tayanib Lenta.ru xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, sportchi C-17A samolyotining shassisiga osilgan kuyi mamlakatni tark etishga uringanlar orasida bo‘lgan. Zakiyning tanasi bo‘laklari shassi bo‘linmasidan topilgan.
16 avgust kungi talato‘plar chog‘ida bir qancha afg‘onistonliklar Kobul aeroportidan uchayotgan AQSh harbiy samolyotiga tashqi tomondan chirmashgan holda mamlakatni tark etishga uringan. Biroq ular yuqori tezlikda uchuvchi samolyotning shassisi yoki korpusini uzoq vaqt davomida ushlab tura olishmagan natijada ular katta balandlikdan yerga qulab halok bo‘lishgan.
Toliblar 15 avgustda Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olishdi. Hukumat va yuqori davlat apparatining katta qismi mamlakatdan qochishdi. “Tolibon” harakati vakillari xalqaro hamjamiyatni o‘zlarining barcha manfaatdor tomonlar bilan tinch va konstruktiv munosabatlarni saqlab qolish niyatida ekaniga ishontirishmoqda.
Mavzuga oid
21:44 / 09.11.2024
Afg‘onistonda IIV, Mudofaa vazirligi va razvedka qurol-yarog‘ berish huquqidan mahrum etildi
18:05 / 06.11.2024
Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish hajmi yana oshmoqda - BMT
14:12 / 06.11.2024
O‘zbekiston va YeI afg‘on masalasi bo‘yicha o‘zaro maslahatlashuvni davom ettiradi
22:45 / 02.11.2024