Surxondaryoda «Kamaz» va «Lasetti» to‘qnashdi. Ikki kishi vafot etdi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida «Kamaz» yuk mashinasi va «Lasetti» o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda ikki kishi vafot etgan, yana ikki kishi tan jarohatlari olgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 19 avgust kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-107 avtomobil yo‘lining Sariosiyo tumani Subhidam mahallasi hududidan o‘tgan 29-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
«Kamaz» yuk mashinasi haydovchisi harakatlanib kelayotib yo‘lning nishabligi va undagi xavfli burilishni e'tiborga olmagan. Shu tufayli «Kamaz» «Lasetti» mashinasining yo‘liga chiqib ketib, u bilan to‘qnashgan. Oqibatda «Lasetti» mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan. Yana ikki nafar yo‘lovchi tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Sariosiyo tumani IIB tomonidan tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:41 / 30.10.2024
Surxondaryoda isitish mavsumi 1 noyabrdan boshlanadi
16:54 / 26.10.2024
Surxondaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
19:37 / 25.09.2024
Sho‘rchi tumani hokimi o‘zgardi
17:09 / 24.09.2024