AQSh «Tolibon» hukumati tan olinishi shartini ma'lum qildi
Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Afg‘oniston bilan hamkorlikning yangi bosqichini boshlamoqda.
AQSh davlat departamenti rahbari Entoni Blinken toliblar hukumati tan olinishi uchun bajarilishi lozim bo‘lgan shartlarni ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh «Tolibon» bilan faqat o‘z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda hamkorlik qiladi.
«Tolibon» xalqaro e'tirof va qo‘llab-quvvatlovga harakat qilmoqda. Aytar gapimiz shu: har qanday e'tirof va qo‘llab-quvvatlovga munosib tarzda bo‘lishi kerak. Toliblar safar qilish erkinligini ta'minlash, afg‘on xalqi, jumladan, ayollar va ozchilikning asosiy huquqlarini hurmat qilish, terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha majburiyatlarini bajarish, Afg‘onistonda qolishni istaganlarga nisbatan qatag‘on o‘tkazmaslik, afg‘on xalqi ehtiyojlari va sa'y-harakatlarini aks ettiruvchi inklyuziv hukumat tuzish orqali bunga erishishlari mumkin», — dedi Blinken.
U «Tolibon» Afg‘onistonning AQSh va uning ittifoqchilariga nisbatan tahdid soladigan terrorchilar uchun bazaga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini olganini eslatib o‘tdi.
Bundan tashqari, Blinken AQSh Kobuldagi elchixonasini Dohaga ko‘chirganini ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Afg‘oniston bilan hamkorlikning yangi bosqichini boshlamoqda.
Mavzuga oid
21:21 / 14.11.2024
AQSh dollarining mustahkamlanishi global muammoga aylanadi - The Economist
16:56 / 14.11.2024
AQSh saylovlarida respublikachilar Kongressda ham ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:42 / 14.11.2024