O‘zbekiston | 16:38 / 18.09.2021
5429
1 daqiqa o‘qiladi

Hukumat oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirishga doir qaror qabul qildi

“Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotishlarini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasida Elektron agrosanoat bozori portali tashkil etiladi

Elektron portalda:

  • ichki bozorni asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash darajasi doimiy baholanadi;
  • xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar o‘rtasida onlayn rejimda kooperatsiya aloqalari yo‘lga qo‘yilib, elektron savdolar tashkil etiladi.   

Elektron portal 2021 yil 1 oktyabrdan 1 dekabrgacha “test rejimi”da ishlaydi va 2022 yil 1 yanvardan to‘liq ishga tushiriladi.

“E-AUKSION” elektron savdo platformasi orqali ajratilgan davlat mulki hisoblangan yer uchastkalari va bino-inshootlar qiymati tadbirkorlar tomonidan, istisno tariqasida, savdo o‘tkazilgan sanadan boshlab bir yil davomida teng ulushlarda bo‘lib to‘lash mexanizmi joriy qilinadi.

Mavzuga oid