Afg‘onistonning Jalolobod shahridagi portlashlarda gumon qilinib 40 kishi hibsga olindi
18 va 19 sentyabr kunlari Jalolobod shahrida portlashlar sodir bo‘ldi. Portlashlar oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Afg‘onistonning Nangarhor viloyatida sodir bo‘lgan portlashlardan so‘ng 40 kishi hibsga olindi. Bu haqda viloyat razvedka boshqarmasi boshlig‘iga tayanib Ariana News telekanali xabar berdi.
“Afg‘oniston islom amirligi Nangarhor viloyati razvedka boshqarmasi boshlig‘i Jalolobod shahrida shanba va yakshanba kunlari sodir bo‘lgan portlashlar munosabati bilan 40 kishi qo‘lga olinganini xabar qildi”, – deyiladi telekanal xabarida.
18 va 19 sentyabr kunlari Jalolobod shahrida portlashlar sodir bo‘ldi.
Hodisa oqibatida bir necha kishi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohatlangan.
Xabarlarga ko‘ra, portlashlar uchun javobgarlikni IShID-Xuroson tashkiloti zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
16:56 / 10.09.2024