Surxondaryoda fuqarolarning mashinasini olib pulini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolarning mashinasini olib ketib, pulini bermagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 27 mart kuni Jarqo‘rg‘on tumani Uzumzor mahallasida yashovchi J.Ahmad, Sherobod tumani Chuqurko‘l mahallasida yashovchi, D.Chorining yashash uyiga borgan. So‘ng unga tegishli bo‘lgan «Moskvich-412» mashinasini 4,5 million so‘mga savdolashib sotib olgan. Shu kunning o‘zida 1 million so‘m berib, qolgan pullarni bir oy ichida berishni va'da qilib, mashinani olib ketgan. Ammo qolgan pullarni bermagan.
Bundan tashqari, J.Ahmad 2 may kuni Kamar mahallasida yashovchi, L.Eshmurodning uyiga borib, unga tegishli bo‘lgan «Moskvich-412» mashinasini 4,4 million so‘mga savdolashib sotib olgan. Shu kunning o‘zida 300 ming so‘m pul berib mashinani olib ketgan. Qolgan pullarni bermagan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 23 sentyabr kuni Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan J.Ahmadga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
17:12 / 08.06.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda “Nexia” yonib ketdi
16:03 / 23.07.2023
Surxondaryoda kanalga tushib ketgan Gentra olib chiqildi
12:19 / 25.01.2023
Surxondaryo viloyatining to‘rt tumaniga yangi hokimlar tayinlandi
17:12 / 20.09.2022