O‘zbekiston | 13:13 / 05.10.2021
18879
1 daqiqa o‘qiladi
Surxondaryoda 4 balli yer silkinishi qayd etildi
FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabar qilishicha, bugun, 5 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 12:59da Afg‘onistonda yer silkinishi qayd etildi.
Yer silkinishi koordinatalari: 36,32 gradus shimoliy kenglik; 66 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 100 km. Yer silkinishi episentri Toshkentdan 616 km janubiy-g‘arbda.
O‘zbekiston hududida yer silkinishi sezilish kuchi:
- Surxondaryo viloyatida 3-4 ball, 151 km;
- Qashqadaryo viloyatida 3 ball, 281 km;
- Samarqand viloyatida 2-3 ball, 380 km;
- Buxoro viloyatida 2-3 ball, 407 km;
- Navoiy viloyatida 2 ball, 424 km;
- Jizzax viloyatida 2 ball, 451 km;
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta 29 sentabr kuni Qirg‘izistonda yuz bergan zilzila Farg‘ona vodiysida sezilgan edi. Shu kunning o‘zida ikki marta yerosti silkinishlari qayd etildi.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024