Samarqandga 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha rejalashtirilgan aviaqatnovlar bekor qilindi
20 oktyabrdan 20 noyabrgacha Samarqand xalqaro aeroportiga keluvchi va undan ketuvchi rejalashtirilgan qatnovlar aeroportda olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari tufayli bekor qilingan. Bu haqda Uzbekistan Airways axborot xizmati xabar bermoqda.
Samarqand xalqaro aeroporti rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan joriy yilning 20 oktyabridan 20 noyabriga qadar Uzbekistan Airways’ning barcha qatnovlari Samarqanddan va ortga ko‘rsatilgan muddatga bekor qilinadi. Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», – deyiladi xabarda.
Avvalroq Uzbekistan Airports matbuot xizmati Samarqand xalqaro aeroporti bu yerda yangi aerodrom majmuasini ochishga tayyorgarlik ko‘rilishi munosabati bilan bir oyga yopilishini, qatnovlar Navoiy, Buxoro hamda Qarshiga yo‘naltirilishi va u yerdan yo‘lovchilar boshqa transport vositalarida Samarqandga yetkazib qo‘yilishini ma’lum qilgandi.
Shuningdek, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» axborot xizmati Samarqand xalqaro aeroportining vaqtinchalik yopilishi hamda yo‘lovchilarga qulaylik yaratib, ko‘proq transport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2021 yil 20 oktyabrdan 20 noyabrgacha Qarshi – Samarqand – Qarshi yo‘nalishida 772/771-sonli Afrosiyob zamonaviy poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar bergandi.
Mavzuga oid
18:24 / 19.03.2022
Samarqandning tubdan qayta qurilgan xalqaro aeroporti foydalanishga topshirildi
10:30 / 09.06.2021
Samarqand aeroportida yo‘lovchilar uchun yetarli sharoit yo‘qligiga izoh berildi
16:00 / 08.06.2021
Enter Engineering: Samarqand xalqaro aeroporti xalqimizning faxri va iftixori manbaiga aylanuvchi maskan bo‘ladi
20:37 / 21.04.2021