Xitoyda ota-onalar farzandining yomon xulqi uchun jazolanishi mumkin
Qonun loyihasida belgilanishicha, prokuratura bolaning axloqi juda yomonligini yoki jinoiy harakatini qayd etadigan bo‘lsa, ota-onaga hayfsan beriladi va ular oila tarbiyasi dasturini o‘tashi kerak bo‘ladi.
Xitoy parlamenti qo‘mitasi ota-onalar farzandining yomon xulqi uchun jazolanishi ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar berdi CNN.
«O‘smirlar o‘zlarini yomon tutishlarining ko‘plab sabablari bor. Asosiysi – oilada tarbiyaning yo‘lga yaxshi qo‘yilmagani yoki umuman yo‘qligi», — dedi qonunchilik masalalari bo‘yicha komissiya spikeri Tszan Tevey.
Qonun loyihasida belgilanishicha, prokuratura bolaning axloqi juda yomonligini yoki jinoiy harakatini qayd etadigan bo‘lsa, ota-onaga hayfsan beriladi va ular oila tarbiyasi dasturini o‘tashi kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, hujjatda ota-onalar farzandlari bilan birga dam olishi, o‘yinlar o‘ynashi va jismoniy mashqlar bajarishi uchun vaqt ajratishga chaqirilgan.
Teveyning so‘zlariga ko‘ra, oilaning katta yoshdagi a'zolari o‘rnak bo‘lishi va farzandlarini ijtimoiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘z so‘zi va harakatlari uchun javob berish, o‘zidan kattalarni hurmat qilishga o‘rgatishi lozim.
Mavzuga oid
20:39 / 13.11.2024
Xitoy orbitaga yuk tashuvchi ko‘p martalik kosmik kemasini namoyish etdi
17:53 / 13.11.2024
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
22:21 / 11.11.2024