Jahon | 21:53 / 26.10.2021
3822
2 daqiqa o‘qiladi

Braziliyalik senatorlar prezidentni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilmoqchi

Jair Bolsonaru 21 oktyabrda ijtimoiy tarmoqlar orqali har haftalik efirida saytlardan biridagi ma'lumotga iqtibos keltirib, Britaniyada koronavirusga qarshi emlanganlarda go‘yoki OITS aniqlanayotganini ta'kidlagan.

Foto: Isac Nóbrega/PR/gov.br

Hukumatning koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatini o‘rganuvchi Braziliya federal senati komissiyasi (CPI) suddan mamlakat prezidenti Jair Bolsonaruni ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlariga kirish imkoniyatidan mahrum qilishni so‘radi. Bu haqda senator Randolf Rodriges ma'lum qildi.

“CPI hozirgina Bolsonaruning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini to‘xtatish va prezidentning koronavirusga qarshi vaksina SPIDga olib kelishi haqidagi gaplariga raddiya berish to‘g‘risidagi so‘rovimizni ma'qulladi”, - deb yozdi u Twitter sahifasida.

Senatorlar bundan tashqari, Facebook, Instagram, Twitter va YouTube ma'muriyati ularga Bolsonaruning akkauntlariga oid ma'lumotlarni taqdim etishini so‘ramoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Bolsonaru 21 oktyabrda ijtimoiy tarmoqlar orqali har haftalik efirida saytlardan biridagi ma'lumotga iqtibos keltirib, Britaniyada koronavirusga qarshi emlanganlarda go‘yoki OITS aniqlanayotganini ta'kidlagan. Biroq bu axborot Britaniya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan rad etilgan.

Braziliya prezidentining bu posti Facebook’ka tegishli platformalardan o‘chirib tashlangan. YouTube Bolsonaruni bir haftaga videolar joylashtirish imkonidan mahrum etgan.

Mavzuga oid