Jamiyat | 09:36 / 29.10.2021
3215
2 daqiqa o‘qiladi

Termizda maktab o‘quvchilari tomonidan mushtlashuv uyushtirilgani aytildi

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda maktab o‘quvchilari o‘rtasida ayovsiz mushtlashuv sodir etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Xabar bo‘yicha viloyat IIB axborot xizmati munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda aytilgan maktab o‘quvchilari o‘rtasida sodir bo‘lgan mushtlashuv yuzasidan Termiz shahar IIB mas'ul xodimlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan.

Unda ma'lum qilinishicha, 2021 yil 26 oktabr kuni soat 15:00 larda Termiz shahar Mehrabot mahallasida yashovchi, shaharning 12-maktabining 7-sinf o‘quvchisi F.A. hamda shu maktabning 6-sinf o‘quvchisi S.Q. tanaffus vaqtida yo‘lakda bir-biriga turtinib ketgan. So‘ng maktab hovlisida o‘zaro janjallashib qolgan hamda bir-biri bilan mushtlashgan.

Mazkur holat yuzasidan, hozirda Termiz shahar IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan mazkur tergovga qadar tekshiruv harakatlari nazoratga olingan va hodisa yuzasidan qonuniy qaror qabul qilinishi ta'minlangan.

Mavzuga oid