Jamiyat | 19:31 / 08.11.2021
13233
1 daqiqa o‘qiladi

Magic City’dagi janjal yuzasidan jinoiy ish ochildi

Toshkentdagi Magic City’da qo‘riqlash xodimlari va bir guruh shaxslar o‘rtasida janjal sodir bo‘ldi.

Videodan skrinshot

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati izoh berishicha, 2021 yilning 6 noyabr kuni soat 22:30 larda Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan Magic City ko‘ngilochar dam olish maskanida gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi yigitlar 2000 yilda tug‘ilgan U.D., 2002 yilda tug‘ilgan A.X., 2003 yilda tug‘ilgan I.U., 2004 yilda tug‘ilgan M.T. noqonuniy savdo qilayotgani uchun majmuaning qo‘riqlash xizmati xodimlari tomonidan chiqarib yuborilayotganda ular o‘rtasida o‘zaro janjal yuz bergan.

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Shuningdek Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Mavzuga oid