O‘zbekiston | 20:03 / 13.11.2021
4071
2 daqiqa o‘qiladi

Navoiy viloyatining yangi rahbari 8 soat sayyor qabul o‘tkazdi

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

13 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov Navoiy shahridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazida birinchi sayyor qabulini o‘tkazdi. Bu haqda Kun.uz’ga hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ma'lum qilinishicha, ochiq muloqotda Navoiy shahri, Karmana, Navbahor, Xatirchi va Konimex tumanlaridan kelgan fuqarolar o‘z muammolari bo‘yicha murojaat qilishgan. Murojaatlarning aksariyat qismi bandlik, uy-joy, kadastr, subsidiya va moddiy yordam, soliq va sud-huquq masalalari bo‘yicha bo‘lgan. 

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Qariyb 8 soat davom etgan sayyor qabulda 400 nafardan ziyod fuqaro qatnashib, 200 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqilgan va ularning 60 foizdan ko‘prog‘i joyida bartaraf etilgan. Ijrosi vaqt va o‘rganish talab qiladigan murojaatlar esa alohida nazoratga olinib, ijobiy yechimini ta'minlash bo‘yicha mas'ul xodimlarga topshiriq va ko‘rsatmalar berilgan.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Normat Tursunov 2021 yil 8 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida o‘z faoliyatini boshlagandi.

Foto: Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati

Mavzuga oid