Nurafshonda Prezident maktabi ochildi
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida Prezident maktabi ochildi. Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Prezident maktabi pedagoglari va o‘quvchilari, deputatlar, nuroniylar va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov barcha zamonaviy sharoitlarga ega prezident maktabi hududdagi iqtidorli o‘g‘il-qizlar uchun keng imkoniyatlar yaratishini ta'kidladi.
Toshkent viloyatida joriy yil ijtimoiy sohada bir qator obektlar qurilib, mukammal ta'mirlandi. Zamonaviy maktablar, bog‘chalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari idoralari, poliklinikalar shular jumlasidandir. Mazkur ta'lim muassasasi uchun 80 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.
Prezident maktabida ta'lim jarayoni tabiiy fanlar, texnologiyalar, texnik ijodkorlik, can'at, matematika sohalarini chuqur ixtisoslashgan holda o‘qitishga asoslangan. Mashg‘ulotlar xalqaro “STEAM — ta'lim” dasturi asosida olib boriladi.
Darslarda tajribali 2 nafar xorijlik mutaxassis va 20 nafar mahalliy pedagog saboq beradi. Keyinchalik xorijdan yana 10 nafar pedagog-o‘qituvchi jalb etilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
12:10 / 31.10.2024
Nurafshonda yarim milliard so‘mdan ortiq elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:51 / 11.10.2024
Toshkentda "Spark" va "Matiz" to‘qnashishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
07:08 / 23.07.2024
Prezident maktablarining 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi
11:28 / 16.07.2024